13 mar 08:11
Yangiliklar
Karate sport turi bo'yicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish mavzusida seminar trening o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-356-son qaroriga asosan karate bo'yicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish, trener va hakamlar uchun o'quv-seminar tashkil etish va o'tkazish belgilangan.
Mazkur seminar-trening O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O'zbekiston Karate (WKF) associaciyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “Karate bo'yicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish mavzusida o'tkaziladigan seminar-trening dasturi” asosida o'tkazilib, Sport vazirligining topshirig'iga muvofiq, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri Institutdan, shuningdek Institutning Nukus, Samarqand, Farg'ona filiallari studiyasidan hududlardagi 100 dan ortiq Karate (WKF) mutaxassislari ishtirok etishdi.
Fikrlar