12 iyu 09:15
Yangiliklar
Karate. Terma jamoamiz delegaciyasi Osiyo chempionatiga jo'nab ketdi
O'smirlar va yoshlar (14 yoshdan 20 yoshgacha) hamda kattalar (20 yoshdan yuqori) o'rtasida tashkil etilayotgan qita chempionatida Osiyoning 30ta davlatidan 700 nafardan ziyod karatechilar tatamiga chiqishadi.
Osiyo chempionati ilk bor Qozog'iston zaminida o'tkazilyapti. SHu paytgacha qita chempionatiga asosan SHarqiy Osiyo mamlakatlari - Malayziya, Singapur, Yaponiya, Xitoy mezbonlik qilgan.
Tabiiyki, Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etadi. Terma jamoamiz tarkibidan 41 nafar sportchi joy olgan.
Ular orasida Osiyo chempioni Sadriddin Saymatov, Osiyo o'yinlari sovrindorlari Barno Mirzaeva, SHahboz Ahadov, G'ofurjon Zohidov, shuningdek, Dostonbek Otabolaev, Xolbek Xursanov singari tajribali va istedodli karatechilar bor.
Fikrlar