So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

23 noy 19:17
Yangiliklar

Karate

Karate WKF: Oltin medal qo'lga kiritgan Dostonbek Otabolaev va boshqa sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Teglar :  Karate
Xabar berganimizdek, o'tgan haftada BAAning Dubay shahrida karate WKF bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bahslari bo'lib o'tdi.

Unda dunyoning besh qitasidagi 104ta davlatdan jami ming nafarga yaqin sportchi g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, ushbu jahon chempionatida vakillarimiz mustaqil O'zbekiston tarixida ilk marotaba sovrindorlar safidan joy oldi. Erkaklar o'rtasida -75 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan milliy terma jamoamiz azosi, sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolaev finalda AQSHlik Tomas Skott ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va O'zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.

SHuningdek, musobaqada vakillarimiz beshta yo'nalishda bronza medallari uchun davogarlik qilishgani ham mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etiborning yorqin ifodasidir. Ayniqsa, erkaklar o'rtasida jamoaviy kumite bahslarida sportchilarimizning yarim finalgacha etib borishgani tahsinga loyiq.

Bugun tunda karate WKF bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati qahramonlari yurtimizga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida karate bo'yicha milliy terma jamoamiz azolarini Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston karate milliy federaciyasi hamda sportchilarning oila azolari kutib olishdi.

Marosimda so'zga chiqqan Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov karatechilarimizni ushbu olamshumul g'alaba bilan samimiy qutlagan holda tez orada jahon chempionati qahramonlari alohida taqdirlanishi rejalashtirilayotgani haqida malumot berdi.

- Jahon chempionatiga jo'nab ketish oldidan o'z oldimga faqat g'alaba bilan qaytishni, O'zbekistonga oltin medal tuhfa etishni maqsad qilgan edim. Odatda ko'plab sport turlari bo'yicha Olimpiya o'yinlaridan keyin o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarda ishtirokchilar tarkibi biroz kuchsizroq bo'ladi, bir qator etakchilar Olimpiadadan keyin dam olishni maqul ko'rishadi. Ammo, Dubayda o'tkazilgan jahon chempionati ishtirokchilari tarkibi ancha kuchli edi. SHunga qaramay jahon chempionati finalida jang qilar ekanman, ortimda Prezidentim, ota-onam, xalqim turganligini bir zumga bo'lsada unutmagan holda astoydil harakat qildim va maqsadimga erishdim. Umid qilamanki, bu yutuqlarimizning boshlanishi va istedodli yoshlar bilan biz yanada ulkan g'alabalarga erishamiz, - dedi jahon chempionatining oltin medali sohibi Dostonbek Otabolaev.

Takidlash lozim, jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi bitta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 8-o'rinni egallashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing