So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

13 sen 18:17
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz karantindan so'ng navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi

Teglar :  KarateO'zbekiston
Karate bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi “SHirinbuloq” sport-sog'lomlashtirish bazasida karantin va sanitariya-gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Ushbu yig'in boshlanishidan avval terma jamoamizning har biri vakili Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tekshiruv jarayonida sportchilardan COVID-19 uchun, shuningdek, mobil laboratoriya tahlillari ham olindi.

Takidlash joiz, mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inida 12 nafar karatechilarimiz ishtirok etadi va ular ushbu mashg'ulotlarni bosh murabbiy Dilnoza Bakirova va katta murabbiy O'ktam Bekpulatov boshchiligida olib borishadi. Sportchilarning salomatligini nazorat qilish masuliyati federaciya shifokori Baxriddin Axmedov va massajchi Husan Turg'unovlarda bo'ladi. Mashg'ulotlar 29 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

“Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini bizga suv va havodek zarur, chunki sportchilarimiz 5 oydan ko'p vaqt mobaynida o'z uylarida noqulay sharoitda mashg'ulot o'tkazishdi. Biz yig'in o'tkazadigan ushbu kunni uzoq vaqt kutdik. Mana, nihoyat yana birgalashib, mashg'ulotlarni o'tkazamiz. Biz birinchi mashg'ulotda juda ko'p ham yuklama bermaymiz, asosiy etiborni tiklanishga karatamiz”, – dedi Dilnoza Bakirova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing