28 jan 10:58
Yangiliklar
Karatechilarimiz Parijdan quruq qo'l bilan qaytishdi
Musobaqada dunyoning 82 mamlakatidan 776 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bordi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar sportchisi ham bor edi.
Afsuski, karatechilarimizning hech bir sovrinli o'rinlarni egallay olmadi. Ishongan sportchilarimizdan biri Sadriddin Saymatov bu safar ham medalsiz qoldi. -60 kg vazn toifasida eronlik Majid Hasan chempion bo'ldi. Italiyalik Anjelo Krezenso kumush, qozog'istonlik Darxan Assadilov hamda rossiyalik Evgeniy Plaxutin bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamizning qolgan azolari Iqboljon Uzoqov (-67 kg), Dostonbek Otabolaev (-75 kg), Bahriniso Boboeva (-50 kg) va Barno Mirzaeva (-61 kg) ham Parijda aytishga arzigulik natijaga erisha olmadi. Terma jamoa murabbiylari O'ktam Bekpo'latov va Dilnoza Bakirova bu omadsizlik sabablarini o'rganib chiqishadi, degan umiddamiz.
Malumot uchun, ushbu “Premer-Liga” turniri Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqa edi.
Fikrlar