So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

19 may 08:00
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda

Teglar :  KarateO'zbekiston
O'zbekiston karate WKF terma jamoasi azolari navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.
Ushbu yig'indan asosiy maqsad Franciyada Tokio Olimpiadasi uchun o'tkaziladigan yakuniy licenzion turnirda munosib ishtirok etishdan iborat.


Murabbiylar Dilnoza Bakirova hamda O'ktam Bekpo'latovlar boshchiligida o'tkazilayotgan ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inida barcha tajribali terma jamoa azolari ishtirok etmoqda. Albatta, yaratib berilayotgan sharoitlar va etiborga karatechilarimiz o'zlarining ijobiy natijalari bilan munosib javob berishadi, degan umiddamiz.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan tashkil etilgan ushbu yig'in qizg'in davom etmoqda. Kuni kecha Milliy Olimpiya qo'mitasi xodimi Hikmat Toshmatov hamda Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov mashg'ulotlarga tashrif buyurib, terma jamoa azolari bilan uchrashdi va ular bilan o'zaro suhbat olib bordi.

Bir so'z bilan aytganda, sportchilarimizga o'ziga xos motivaciya berish bilan birga sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. SHubhasiz, bunday etibor terma jamoamiz azolariga ruhan dalda beradi.

Ushbu yig'inga 16 nafar sportchi jalb etilgan bo'lib, mashg'ulotlarni uch nafar murabbiy olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Franciyadagi yakuniy licenzion turnirda o'z vazn toifalarida 1-3-o'rinni egallagan sportchilar Tokio olimpiadasi yo'llanmalarini qo'lga kiritishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing