28 apr 09:51
Yangiliklar
Karate
Karatechilarimiz “Uzbekistan Open” turnirida 128 ta medal jamg'arishdi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da karatening WKF yo'nalishi bo'yicha “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.
Mukofot jamg'armasi 10 400 AQSH dollarini tashkil etgan turnirda O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Qozog'iston, Rossiya va Tojikistondan 450 nafar sportchi qatnashdi.
Turli yosh toifalarida kechgan bellashuvlarda atletlarimiz 34 ta oltin, 40 ta kumush va 54 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun joriy yil o'tkaziladigan Aichi-Nagoya-2026 Yozgi Osiyo o'yinlari oldidan asosiy va zaxira sportchilarini shakllantirib olish imkoniyatini taqdim etdi.






Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar