So’nggi yangiliklar

19:02Спортчи учун энг яхши "допинг" – уйдаги тинчлик 0 18:23Осиё Чемпионлар Лигасида қанча пул ишлаб топса бўлади? 0 17:52Конор Макгрегор: "Қасос олишни истайман ва бунга эришаман" 0 17:21Мераб Двалишвили Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига илк бор фикр билдирди 0 16:50Афсонавий Виши Ананд Самарқанд Олимпиадаси машъаласини Синдаровга топширди 0 16:19Ямаль — "Олтин тўп" ҳақида: "Фақат икки энг яхши ўйинчи бор, аммо бу йил мукофот менга тегиши керак!" 0 15:48Головкин Ислом бирдамлиги спорт федерацияси (ISSA) вице-президенти этиб сайланди 0 15:17Бибоссинов WBO Africa чемпионига қарши жангда жароҳат олди 0 14:46Мураббий: "Агар Гэрри бироз тажовузкорроқ бўлганида, Махачевни нокаут қиларди" 0 14:15Бугун "Нефтчи" ва "Пахтакор" Элит ОЧЛдаги иштирокини бошлайди 0 13:54Кункабаев фаолиятини якунлаши мумкинлигига ишора қилди 0 13:40BREAKING: Сирил Ган UFC чемпиони сифатида эълон қилинди 0 13:13Хамзат Чимаев Царукян, Евлоев ва Яннинг жанглари бўйича ўз тахминини айтди 0 12:42Райан Гарсия навбатдаги жангини қачон ўтказишини айтди, Дана Уайт ҳам бунга тайёр! 0 12:11АПЛ ҳакамлар корпуси Манчестер дербисида Ҳоланд киритган гол борасида хатога йўл қўйилганини тан олди 0

11 iyu 16:56
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Kasimero – Ahmadaliev jangi Murodjon uchun qanchalik ahamiyatga ega? Ehtimoliy to'qnashuv tahlili

So'nggi kunlarda professional boks olamida filippinlik tajribali charm qo'lqop ustasi Jon Riel Kasimeroning o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi jang o'tkazish istagini bildirgani haqidagi xabarlar muhokama qilinmoqda.

Garchi hozircha mazkur to'qnashuv bo'yicha rasmiy kelishuv mavjud bo'lmasa-da, ehtimoliy jang sharq mamlakatining boks muxlislarida katta qiziqish uyg'otmoqda.

Kasimero uchun katta imkoniyat

37 yoshli Kasimero professional faoliyati davomida uch vazn toifasida jahon chempioni bo'lishga, o'z hisobiga 36 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Qahramonimiz so'nggi jangini 6 iyun kuni Yaponiyada meksikalik taniqli Luis Neriga qarshi o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozongandi. Uning asosiy afzalliklari tajriba, kuchli zarba va jang davomida raqibga bosim o'tkazish qobiliyati hisoblanadi.

So'nggi yillarda Kasimero ham boshqa bokschilar, jumladan, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev singari asosiy etiborini Naoya Inoue bilan jang qilishga qaratdi, ammo turli sabablarga ko'ra bu to'qnashuv amalga oshmadi. SHu bois filippinlik bokschi uchun Ahmadalievga qarshi jang katta reyting va moliyaviy imkoniyatlar taqdim etishi mumkin, deb qaralmoqda.

Ahmadaliev nima uchun favorit?

Murodjon Ahmadaliev bugungi kunda ikkinchi eng engil vaznning eng kuchli va texnik jihatdan mukammal bokschilaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonlik bokschi jang davomida yuqori tempda harakat qilishi, zarbalar kombinaciyasi va chap qo'lli bokschilarga xos noqulay uslubi bilan ajralib turadi. Garchi bu uslub Inouega qarshi jangda "o'tmagan" bo'lsa-da.

Kasimero tajribali bo'lishiga qaramay, yosh va jismoniy tayyorgarlik borasida ustunlik Ahmadaliev tomonida bo'lishi mumkin. Ayniqsa, yurtdoshimizning so'nggi janglarini muddatidan avval emas, to'liq masofada o'tkazishga urinayotgani bu aynan kardio masalasi bilan bog'liq ekani aniq.

Uslublar to'qnashuvi

Ehtimoliy jangda muxlislarni qiziqtiradigan jihatlardan biri — ikki sportchining mutlaqo turlicha uslublaridir.

Kasimero ko'proq kuchli yakka zarbalarga tayanadi va raqibni xato qilishga majbur qilishni yaxshi ko'radi. Ahmadaliev esa harakatchanlik, tezkor kombinaciyalar va ochkolar yig'ish orqali ustunlikka erishadi.

SHu sababli jangning dastlabki raundlarida tashabbus uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Agar Kasimero erta nokaut imkoniyatini topa olmasa, keyingi raundlarda ustunlik bokschimiz tomoniga o'tishi ehtimoli yuqori.

Jang qanchalik ahamiyatga ega?

Ayni paytda mazkur to'qnashuvning amalga oshishi bir nechta omillarga bog'liq. Birinchi navbatda, Ahmadaliev chempionlik kamarlari bilan bog'liq katta janglarga davogarlardan biri bo'lib turibdi. U o'z vaznini yarim engil divizionga o'tkazishni ham istisno qilmayapti va oxirgi jangini aynan 57 kg vazn toifasida o'tkazgani ahamiyatga molik. SHuning uchun, Murodjonning jamoasi reyting nuqtai nazaridan yuqoriroq ahamiyatga ega raqiblarni tanlashi ehtimoli baland.

Biroq, Kasimero katta nom va tajribaga ega ekanini hisobga olsak, bu jang muxlislar qiziqishi nuqtai nazaridan qiziqarlidek ko'rinishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing