29 okt 20:00
Yangiliklar
Dzyudo
"Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamizning mashg'ulotidan FOTOGALEREYA
SHu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 4-6 noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik ko'ryapti.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov bugungi mashg'ulotlarni bevosita zalda kuzatib bordi.
Federaciya raisi mashg'ulot yakunlanganidan so'ng Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida bronza medalni qo'lga kiritgan SHahram Ahadovni tabriklab, unga keyingi musobaqalarda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishini tiladi. Bu tilaklar Boku tatamilarida kurashadigan barcha dzyudochilarimizga ham bildirildi.
Eslatib o'tamiz, Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida Diyora Keldiyorova (-52 kg) finalga qadar etib borib, kumush medal sohibasiga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar