So’nggi yangiliklar

11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0 22:36Пара Осиё ўйинларида тарих яратган паралимпиячиларни кутиб олиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0

04 iyu 16:51
Yangiliklar

Boshqalar

Katta karvon olimp sari yo'lga chiqdi

Teglar :  Navoiy
Sarhisob, yutuq va muammolar tahlili, faoliyatga xolisona baho berish sportda juda muhim.

Ayniqsa, yuqori marralarni ko'zlayotgan sportchi va murabbiylar nazorat musobaqalaridan tortib, rasmiy turnirlargacha natijalarni tahlil qilib borishadi. Jumladan, Oybek Jumanazarov rahbarlik qilayotgan Navoiy viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi ham bu bo'yicha o'z ananalariga ega.  

Birgina 2023-2024 o'quv yillari davomida sport maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida 26 ta oltin, 28 ta kumush va 52 ta bronza medali qo'lga kiritilgani quvonarli. 

SHuningdek, qita miqyosidagi xalqaro musobaqalarda 11 ta oltin, bir kumush va 9 ta bronza medallari navoiylik yosh sportchilar qilichbozlik bo'yicha Bahrayn davlatida o'tgan Osiyo chempionatida sport maktab shpaga ustalari terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. 

Bundan ruhlangan navoiylik qilichbozlar Toshkent shahrida kattalar o'rtasida o'tgan O'zbekiston chempionatida jamoa bahslarida oltin medalga erishishdi. Kamol Axtamov, Emil Kagirov, Meyirxan Timurov hamda Aleksandr Pushkin bu g'alabaga munosib ulush qo'shishdi.

Iqtidorli kurashchi Xo'jaqul Ergashev esa o'smirlar o'rtasida tashkil etilgan sambo bo'yicha respublika birinchiligida shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi. SHunigdek, u Qozog'istonning Aktau shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritdi va sport ishqibozlarini xushnud etdi.

Samarqandda esa karate WKF bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati tashkil etilib, unda sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sayyora Hamidova kumush medal sohibasiga aylandi. SHuningdek, para dzyudochilar ham Para Osiyo o'yinlari hamda Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish, tatamida shov-shuvli va matonatli g'alabalarga erishish yo'lida mashg'ulotlarda faollik ko'rsatishmoqda.

Sport maktabi mamuriyati ko'magida dzyudo va para dzyudo bo'yicha o'quv mashg'ulot yig'inlari tashkil etilmoqdaki, bu rasmiy musobaqalar oldidan juda foydali. SHuningdek, yaqinda ommaviylikni oshirish, iqtidorli o'quvchilar bilan birgalikda sportni targ'ib qilish maqsadida “O'zbek polvonlari mahallalarda” shiori ostida qator davra suhbatlari va mahorat saboqlari tashkil qilindi. Ularda 300 nafar yosh sportchi hamda  mahallalarda yashovchi 1000 nafarga yaqin o'g'il-qiz qatnashdi. 

Tadbirlar davomida iqtidorli sportchilar, para dzyudochilar hamda ularning murabbiylari Navoiy viloyat hokimligi, viloyat sport boshqarmasi hamda sport maktabi mamuriyati tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. CHempionlarning ota-onalariga esa minnatdorlik ramzi sifatida tashakurnomalar taqdim etildi. 

Sport maktabida ko'plab bo'lajak olimpiadachilar kamolga etayotganiga ishongingiz keladi. Masalan, yaqinda mahoratli dzyudochi Laziza Haydarova Germaniyaning Bremen shahri mezbonlik qilgan "Bremen masters" xalqaro turnirida 48 kg vazn toifasida oltin medalga erishdi.

U 21-22 iyun kunlari Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida Xalqaro Briks o'yinlarida faxrli 1-o'rinni egallab, muxlis va mutaxassislarning etiborini o'ziga qaratdi. Yunon-rum kurashi ustasi Islomjon Rahmatov kattalar o'rtasidagi Respublika saralash musobaqasida g'olib bo'lib, terma jamoadagi o'rnini mustahkamladi.

Otabekjon Hasanov esa Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida kurash sport turi bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan XIII Osiyo chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Xabaringiz bor, 2025 yil poytaxtimizda o'smirlar o'rtasida Osiyo o'yinlari o'tishi belgilangan. Bundan tashqari, 2028 yil navbatdagi yozgi Olimpiada tashkil etiladi. 

Ushbu yirik sport anjumanlarida munosib ishtirok etish, qitaning “kichik va katta Olimpiada medallar bilan muxlislarni xushnud qilish trenerlar va iqtidorli sportchilar oldidagi ustuvor vazifa sanaladi.

Bunga esa sport maktabi mamuriyati, fidoiy murabbiylar va sportchilar ahillikda aniq chora-tadbirlar orqali intilishmoqda. Zero, Olimpiadaga yo'l mashaqqatli. Garchi, 2028 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlariga hali to'rt yil fursat bo'lsa-da, tayyorgarlik cikli hozirdanoq boshlangan.

Bu esa yakka kurash ustalariga muzaffariyat bayrog'ini baland hilpiratish, xalqaro maydonlarda O'zbekiston madhiyasini baralla kuylash, sportsevar xalqimizni esa shonli g'alabalar bilan xushnud etish saodatini, baxtini taqdim qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing