09 dek 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Kayla Xarrison UFC'ga o'tishi mumkin
PFL chempioni Kayla Xarrison jahonning eng kuchli MMA promousheni bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Bu haqida tashkilot prezidenti Dana Uayt xabar berdi.
"Bu divizion hozirda faqat Amanda Nunes uchun mavjud. U titul jangini rad qilgan yoki bu divizionda jang qilishni xohlamagan kuni biz bu vazn toifasini yopamiz.
SHu bilan birga, menga Kayla Xarrison va Amanda Nunes o'rtasidagi jangni tashkil qilish varianti ham yoqyapti. Kayla har doim o'zini eng zo'ri deb ataydi. Ammo, u buni isbotlashi uchun Amanda Nunes bilan aynan UFC'da yani bizning tashkilotda jang qilishi kerak", - deydi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Kayla Xarrison PFL bilan yangi shartnoma imzolamasligini elon qilgandi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar