12 okt 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Kayo Borralo Abusupyan Magomedov haqida: "U ikkinchi bor o'zi loyiq bo'lmagan jangni qo'lga kiritdi"
O'rta vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Kayo Borrao 4 noyabr kuni o'z yurtida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko'tariladi.
O'sha kuni Borraloga o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev raqiblik qilishi kerak edi. Biroq hamyurtimiz jarohat oldi va jangda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi. SHundan so'ng, UFC Kayoga Germaniya vakili Abusupyan Magomedovni berdi. Brazil bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Mayli yigitlar, yangi jangim haqidagi xabarni eshitdingiz. Bilmadim, bu yigit nimani o'ylayapti.
Abus ikkinchi bor o'zi loyiq bo'lmagan jangni qo'lga kiritdi. Nega u bu safar natija boshqacha bo'ladi, deb o'ylayapti?", - deb yozdi Kayo Borralo.
Eslatib o'tamiz, 4 noyabr kuni tashkil etiladigan UFC Fight Night musobaqasi Braziliyaning San-Paulu shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar