12 may 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Kechagi qonli jangdan keyin Doston Bozorovning yuzi "remontada"ga muhtoj bo'lib qolibdi + FOTO
"Humo Arena"da o'tgan Octagon 72 turnirining asosiy jangida o'zining engil vazndagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Doston Bozorov Instagramdagi sahifasiga izohli surat joyladi.
Aralash yakkakurash ustamiz besh raund to'liq davom etgan jangda tojikistonlik davogar, reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan Fazliddin Madrahimovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bozorov joylagan suratida shunday yozgan: "Alhamdulillah. Hammaga katta rahmat. Xalqim, "tochka" qo'ydim deb o'ylayman. Sport sog'liq garovi!"
Uning sport sog'liq garovi deya smaylik qo'yganini hazil sifatida tushunish mumkin. Lekin nuqta qo'ydim degani biroz mavhum. Balki, UFC`ga o'tishiga ishora qilgandir. Voqealar rivojini kuzatib boramiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar