So’nggi yangiliklar

09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0

21 iyu 16:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Kelvin Gastelum SHavkat Rahmonovning "vyzov"iga javob berdi

O'rta vazn toifasida UFC vaqtinchalik kamariga sobiq davogar Kelvin Gastelum yarimo'rta vaznga qaytish istagida ekanini malum qilgandi.

Bu xabardan keyin qozog'istonlik SHavkat Rahmonov uni yangi diviziondagi ilk jangidayoq qarshi olishini aytgandi. Gastelum Rahmonovning ushbu chorloviga javob qaytardi.  

"Menga bu "vyzov" yoqadi va uni hurmat qilaman. Lekin u biroz zerikarli ko'rinadi. Ozgina tezkorlik qo'shsa yaxshi bo'lardi. Aynan shunday janglarni qadrlayman. Bu jang menga okeandagi akulalar qatorida erkin suzishimga yordam beradi. Suz yoki okean tubiga g'arq bo'l. 

Adashmasam, SHavkat reytingning beshinchi yoki oltinchi pog'onasidan joy olgan. Bo'lajak jangdagi g'alaba meni kamar uchun yaqinlashtiradi. Uning "vyzov"iga bir hafta bo'ldi. O'sha paytda men tatilda va o'z ishlarim bilan band edim. Endi bu chaqiruvni rasman qabul qilish fursati etdi. SHavkat Rahmonov, men sening yarimo'rta vazndagi chorlovingni qabul qildim. Jang sanasini men belgilayman. Dana Uayt matbuot anjumanida 16 sentyabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan katta turnir haqida gapirgandi. Bu sana Meksika mustaqilligi kuniga to'g'ri keladi. Asl kelib chiqishim meksikalik bo'lganim uchun ham shu kungi turnirda jang qilishdan umidvorman. Kel, buni amalga oshiramiz. Men sening "vyzov"ingni qabul qildim, SHavkat!", - dedi Gastelum.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Kelvin Gastelum yarimo'rta vazn toifasidagi so'nggi jangini 2016 yilning iyul oyida Joni Xendriksga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. SHu yilning aprel oyida u ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng oktagonga qaytib, Kris Kyortisdan ustun kelgandi. Ayni paytda u o'rta vazn toifasi UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi.

28 yoshli SHavkat Rahmonov shu yilning mart oyida Jeff Nilni uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi. Bu uning UFC oktagonida muddatidan avval ketma-ket qo'lga kiritgan beshinchi g'alabasi edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing