26 mar 18:48
Yangiliklar
Dzyudo
Kemran Nurillaev Tbilisi "Katta Dubulg'a" finalida jang o'tkazdi
Ayni daqiqalarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turnirining medallar uchun final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina erkaklar o'rtasidagi -60 kg vazn toifasida oltin medal uchun o'tkazilgan final bellashuvi yakunlandi. Hal qiluvchi uchrashuvda hamyurtimiz Kemran Nurillaev gruziyalik Temur Nozadzega qarshi tatamiga chiqdi va vazari evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Temur Nozadze Olimpiada reytingida 2420 ochko bilan 23-pog'onadan joy olgan. Kemran Nurillaev esa 1465 ochko bilan 39-o'rinni band etgan. Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri Kemranga kumush medal bilan birga 700 reyting ochkosini ham taqdim etdi.
UPD. Hakamlar qaroriga ko'ra, Kemran mumkin bo'lmagan xavfli harakatni amalga oshirgan. SHu sababli, mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar