08 jan 07:43
Yangiliklar
Keti Teylor engil vazndagi ikkita kamaridan voz kechdi
Irlandiyalik chempion tomonidan vakant qoldirilgan IBF kamari uchun jang endi Karolin Dyubua va Rianon Dikson o'rtasida o'tkaziladi. Hozircha WBO kamari uchun kimlar ringga chiqishi malum emas. Ketining nima sababdan kamarlaridan voz kechgani hozircha nomalum.
Malumot uchun, 37 yoshli Teylor 2019 yilda engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan edi. O'shanda to shu kungacha u barcha kamarlarni o'z qo'lida ushlab keldi. O'tgan yili u ikkinchi urinishda birinchi yarimo'rta vazn toifasida ham mutlaq jahon chempioniga aylandi. Katta ehtimol bilan u endi faoliyatini aynan birinchi yarimo'rta vaznda davom ettiradi.
Teylor 2023 yilning may oyida birinchi yarimo'rta vaznning mutlaq chempioni SHantel Kemeronga yutqazib qo'ygan edi. Lekin noyabr oyida o'tkazilgan revanshda g'alaba qozonib, kamarlarni o'z qo'lida birlashtirdi.
Fikrlar