25 dek 11:00
Yangiliklar

Kevin Lining Eagle FC promousheni debyut jangidagi raqibi malum
Amerikalik 29 yoshli jangchi yangi promoushenidagi ilk jangida o'zidan 10 yoshga katta vatandoshi Diego Sanchesga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ularning har ikkisi ham UFC kamariga sobiq davogarlar hisoblanadi.
Ushbu jang 2022 yilning 11 mart kuni AQSHning Florida shtati Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Kevin Li (18-7 MMA) yaqinda Dan Uayt tomonidan UFC tashkilotidan haydalgan edi. U oxirgi 5 ta jangining 4 tasida mag'lubiyatga uchragandi. Li Eagle FC promoushenida o'zi uchun yangi 74,8 kg vaznda jang o'tkazadi.
Uning 11 mart kungi raqibi Diego Sanches esa UFC`dagi oxirgi jangini 2020 yilning sentyabr oyida Jeyk Metyuzga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragandi. Engil vaznda UFC kamariga sobiq davogar bo'lgan Sanches (30-13 MMA) so'nggi 5 ta jangidan 3 tasida g'alaba qozonib, 2 tasida yutqazgan.
Fikrlar