23 mar 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kevin Xolland yarimo'rta vaznga qaytib, Bilol Muhammadga qarshi jang qilmoqchi
O'rta vazndagi UFC jangchisi Kevin Xolland keyingi jangini yarimo'rta vazndagi jangchi Bilol Muhammadga qarshi o'tkazish niyatida ekanligini bildirdi.
"Men dietolog yollab 77 kg vaznga qaytishni xohlayapman. O'rta vazndagi barcha yigitlar juda qiyin raqiblardir. Men ular bilan jang qilishga tayyorman, ammo 25 daqiqalik jangdan so'ng menga vaznimni o'zgartirish fikr kelib qoldi.
Yarimo'rta vaznda imkoniyatimni sinab ko'rish qiziq bo'lgan bo'lardi. Bilol Muhammad mening ismimni juda ko'p tiliga olmoqda. Agar biz jang qilishni xohlasak, nega hozir buni qilmasligimiz lozim?", -dedi Kevin Xolland.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar