So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

28 fev 07:44
Yangiliklar

Sport kurashlari

Kievdagi o'zbek derbisida G'ulomjonning qo'li baland keldi, Mahmudjon va Javrailda bronza + FOTO

Ukraina poytaxti Kiev shahrida o'tkazilayotgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha ananaviy xalqaro xotira turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

O'z tarixida 24-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning yigirmadan ziyod davlati qatorida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham har uchchala yo'nalishda yurtimiz sport sharafini himoya qilishyapti. Kecha musobaqaning ikkinchi kuni uch yo'nalishda ham bir nechtadan vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Xabar berganimizdek, -57 kg vazndagi erkin kurashchilar bahsida ikki hamyurtimiz finalga etib kelgandi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda G'ulomjon Abdullaev Nodirjon Safarovga qarshi gilamga chiqdi va 7:1 hisobida g'alaba qozondi. G'ulomjon oltin, Nodirjon esa kumush medalga sazovor bo'ldi. Ushbu vaznda ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Mahmudjon SHavkatov bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza uchun kechgan dramatik bahsda ukrainalik Taras Markovichdan 8:6 hisobida ustun keldi.    

Terma jamoamizga ikkinchi bronza medalini -86 kg vazndagi kurashchimiz Javrail SHapiev taqdim etdi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda slovakiyalik Boris Makoevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 7:0. Hozircha erkin kurashchilarimiz hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing