20 sen 10:29
Yangiliklar
Kikboksing
Kikbokschilarimiz jahon kubogida 21 ta medal qo'lga kiritishdi
16-19 sentyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida kikboksing bo'yicha jahon kubogi bahslari bo'lib o'tdi.
Avvalroq ushbu musobaqada o'zbekistonlik kikboksingchilar ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Quvonarlisi, sportchilarimiz uchun musobaqa muvaffaqiyatli kechdi va yakunda O'zbekiston terma jamoasi 21 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi.
Yigitlarimiz musobaqada 5 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan kikboksingchilarimizni muborakbod etib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar