21 may 16:28
Yangiliklar
Kikboksing
Kikbokschilarimiz Jahon kubogida 45 ta medalga ega chiqishdi
Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo'yicha o'tkazilgan Jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi azolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 42 ta mamlakatidan 3760 nafardan ziyod sportchilar turli yosh toifalarida medallar uchun o'zaro raqobatlashdi.
Jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi 18 ta oltin, 8 ta kumush, 19 ta bronza, jami 45 ta medalni qo'lga kiritdi. Umumjamoa hisobida musobaqa mezboni bo'lgan Turkiya termasi birinchi, Avstriya ikkinchi, O'zbekiston terma jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi.
Kecha oqshom kikbokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida g'olib va sovrindorlarni keng sport jamoatchiligi kutib oldi.
Havola :
Fikrlar