19 dek 12:39
Yangiliklar
Kikbokschilarimiz Osiyo chempionatida 24 ta medal qo'lga kiritishdi
Kecha, 18-dekabr kungi musobaqada o'zbekistonlik kikboksingchilar 6 ta oltin medal sovrindori bo'lishdi.
1. Abdumurotov Davlatbek — 67 kg;
1. Kosolapov Sergey — 69 kg;
1. Mahmudov Nazarbek — 51 kg;
1. Baratov Hasanxon — 91 kg;
1. Azimov Murodbek — 91 kg;
1. Baratov Husanxon — 91 kg.
Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yo'nalishda mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi. CHempionat sarhisobiga ko'ra sportchilar 24 ta medalni qo'lga kiritishdi. Ulardan - 10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 5 ta bronza medalga ega chiqishdi.
Quvonarlisi, sportchilarning 6 nafari Jang sanati jahon o'yinlari yo'llanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan Jahon o'yinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Kelgusi yilda Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan jang sanati jahon o'yinlarida O'zbekistondan birinchi marta kikboksing ustasi sifatida yurt bayrog'ini ko'taradigan sportchilar tanishing:
Istamov Zarifjon — 60 kg
Kosolapov Sergey — 69 kg
CHorieva Malika — 65 kg
Fikrlar