04 iyu 09:37
Yangiliklar
Kikboksing
Kikboksing. Jahon Kubogida hozircha 4ta medal, 25 nafar sportchimiz finalda!
SHu kunlarda Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo'yicha IX Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada 100ga yaqin davlat kikbokschilari qatorida 63 nafar sportchidan tarkib topgan O'zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoasi azolari ham ishtirok etyapti.
Hozirgacha hamyurtlarimizdan 69 kg vazn toifasidagi sportchimiz Behruz Nurxo'jaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Ibrohim SHahobiddinovga ham teng keluvchi raqib topilmadi.
Behzod Nasriddinov va Abbos Erkinov bronza medali bilan taqdirlanishdi. Bugun o'tkaziladigan final janglarida oz emas, ko'p emas 25 nafar sportchimiz oltin medal uchun bahslarga kirishadi. Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga, 5 iyun kuni Toshkentga qaytib keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar