11 apr 08:32
Yangiliklar
Kikboksing
Kikboksing. Terma jamoamiz Antaliyadan 5ta medal bilan qaytmoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida kikboksing bo'yicha Turkiya Ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
Dunyoning ko'zga ko'ringan kikboks ustalari ishtirok etgan xalqaro musobaqada Oybek Narmetov boshchiligidagi o'zbekistonlik sportchilar ham medallar shodasi uchun bahs olib borishdi.
Turkiya Ochiq chempionatida ishtirok etgan kikbokschilarimizdan 5 nafari shoxsupaga ko'tarildi. 42 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan navoiylik Nazarbek Mahmudov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Jonibek Namozov (38 kg), Lazizbek Begmatov (57 kg), SHerzod Mahmudov (63 kg) va Navro'z Jumanazarov (71 kg) esa xalqaro musobaqaning bronza medali bilan taqdirlanishdi. Sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar