10 okt 15:01
Yangiliklar

Klichko, Meyvezer va 40 bokschi Xalqaro shon-sharaf zaliga kirishga davogarlik qilmoqda
Yuqorida sanab o'tilgan bokschilar 2017 yilda faoliyatini tugatgan. SHu sababli ham bu yilg davogarlar qatoridan o'rin olishdi.
O'tgan yili SHon-sharaf zaliga Bernard Xopkins, SHeyn Mozli va Xuan Manuel Markeslar kiritilgandi.
Ulardan tashqari ushbu nomga ega bo'lish uchun 37 bokschi davogarlik qilmoqda:
Yuriy Arbachakov, Xorxe Arse, Poli Ayyala, Nayjel Benn, Timoti Bredli, Vuyani Bungu, Ivan Kalderon, Xoel Kasamayor, Sot CHitalada, Diego Korrales, Kris Yubank-katta, Karl Froch, Leo Games, Rikki Xatton, Jenaro Ernandes, Kris Jon, Mikkel Kessler, Santos Lasyar, Rokki Lokrij, Migel Lora, Rafael Markes, Genri Maske, Dariush Mixalchevskiy, Mun Songil, Maykl Murer, Orzubek Nazarov, Sven Ottke, Vinni Pazienca, Xilberto Roman, Janfranko Rosi, Samuel Serrano, Antonio Tarver, Meldrik Teylor, Fernando Vargas, Israel Vaskes, Vilfredo Vaskes-katta va Ratanapol Sor Vorapin.
Tanlov oktyabr oyi oxirida boksni yoritib boradigan etakchi jurnalistlar tomonidan tanlanadi. Ovoz beradiganlar 5 nafargacha nomzodni tanlashlari mumkin. Natijalar yil oxirida elon qilinadi. Eng ko'p ovoz to'plagan besh nafar bokschi Nyu-York shtatidagi Xalqaro boks shon-sharaf zalidan o'rin egallaydi.
Ushbu zalning yangi azolarini taqdirlash marosimi Kanastotdagi shtab-kvartirada tashkil etiladi. Tadbir 2021 yilning 13 iyunida o'tkaziladi.
Fikrlar