03 may 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko ringga qaytish shartlarini malum qildi
Superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko ringga qaytish shartlarini malum qildi.
"Hech qachon hech qachon dema" deganimda qaytishim haqida gapirganman. Barchasi o'zgarishi mumkin. Agarda sportdagi faoliyatimni yakunlaydigan va boshqasiga o'taman deb aytganman. Biroq odamlar hayotida juda ko'p bora fikrlarini o'zgartirgan. Arnold SHvarceneggerga qarang. Ayni damda u iqtisodiy muammolar bilan shug'ullanmoqda. Xo'sh, bu uning hayotdagi so'nggi darsimi yoki aktyorlikka qaytadimi? Men ringga qaytadigan bo'lsam, bu faqat hayriya yo'llarida bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Vladimir Klichko 2017 yilda faoliyatini yakunlagandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar