05 iyu 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA
"U chempion va nima qilishni o'zi hal qiladi". Klichko Usikning chempionlik kamarlaridan voz kechish qarori haqida
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vladimir Klichko hamyurti Aleksandr Usikning superog'ir vazndagi WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlaridan voz kechish qarori haqida fikr bildirdi.
"Bu uning qarori. U chempion va nimani xohlasa, o'zi hal qiladi. Agar u kamarlardan voz kechishni istagan bo'lsa va shunday qilgan bo'lsa, bu uning shaxsiy qarori.
Usik — chempion. Bunday holatda u istagan qarorini qabul qilishi mumkin. U kamarlarni mag'lubiyatsiz bokschi sifatida bo'shatmoqda", — dedi Klichko Sportal.bg nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : sportal.bg
Fikrlar