03 okt 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Klimas Fyuri rad javobini bersa, Usik kim bilan jang qilishini aytdi
Superog'ir vaznda WVA, WVO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas mijozi hamda WVS kamari sohibi Tayson Fyuri o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Klimasning so'zlariga ko'ra, agar britaniyalik bokschi jangni rad etsa, ukrainalik uchun raqib tayyor.
"Uaylder bilan jang bo'lishi mumkin. Usik qo'ng'iroq qilib, "agar Fyuri bilan jang bo'lmasa, Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqaman", deb aytdi. Undan buning sababini so'radim va u menga "Deontey tavakkal qilishni yaxshi kuradi va bu menga yoqadi", — dedi Klimas talkSPORT nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, Aleksandr Usik IBA'dan chetlatilgan Ukraina boks terma jamoasiga murojaat qilgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar