30 dek 12:17
Yangiliklar

Kolbi Kovington Kamaru Usman haqida: "SHubhasiz, men eng yaxshi jangchiman. Bizga etti jangdan iborat seriya kerak"
"Kamaru Usmanni mag'lub etish — bu meni har doim qiziqtirgan. Men eng yaxshi jangchiman, bunga hech qanday shubha yo'q, lekin baribir biz shu qadar tengmizki, bizning qarama-qarshiligimiz etti jangdan iborat chempionlik seriyasi bo'lishi kerak.
Mantiqan olsak, buni qilish mumkin, nega deganda, bizning qarama-qarshiligimiz muxlislar uchun doim qiziqarli bo'lgan va katta auditoriya yig'a olgan. Menimcha, agar biz etti bor jang qilsak, to'rttasida men g'alaba qozongan bo'lar edim.
Xattoki, bizning ikkinchi jangimizdan keyingi matbuot anjumanida Usman trilogiya bo'lishi mumkinligini aytdi. Usman eng yaxshi jangchi ekanligini isbotlay olmadi va buni o'zi ham yaxshi biladi", — dedi Kolbi.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Fikrlar