So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

22 may 09:58
Yangiliklar

Boshqalar

“Ko'ngilli sportchilar” guruhi yordami bilan “Do'stlik” mahallasi aholisi o'z uylariga qaytadi

“Ko'ngilli sportchilar” guruhi Sardoba tumanidagi “Do'stlik”, Oqoltin tumanidagi “SHodlik” hamda Mirzaobod tumanidagi “Navbahor” mahallalarida aholi uy-joylarini tozalash va tiklash ishlariga ko'maklashdi.

“Sardoba fojiasi” oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Sirdaryo viloyati sport talim muassasalarida faoliyat olib borayotgan trener-instruktorlar, metodistlar hamda sportchilardan tuzilgan “Ko'ngilli sportchilar” guruhi tabiiy ofatdan zarar ko'rgan aholi turar joylari va ijtimoiy soha obektlarida tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

Kuni kecha jami 130 nafar “Ko'ngilli sportchilar” guruhi Sardoba tumanidagi “Do'stlik”, Oqoltin tumanidagi “SHodlik” hamda Mirzaobod tumanidagi “Navbahor” mahallalarida aholi uy-joylarini tozalash va tiklash ishlariga ko'maklashdi.

Tabiiy ofatdan eng ko'p jabr chekkan hududlardan biri bo'lmish Sardoba tumanidagi “Do'stlik” mahallasini tiklash ishlari qoraqalpog'istonlik quruvchilar chekiga tushgan. Ularga yordamchi sifatida 48 nafar trener va sportchi hasharga keldi. Mahalliy aholining aytishicha, agar ishlar shu suratda davom etadigan bo'lsa, uzog'i bilan 20 kun ichida ularning uyi to'liq tamirdan chiqarilib, foydalanishga topshiriladi.

Oqoltin tumanidagi “SHodlik” mahallasidagi ishlarga 62 nafar ko'ngilli sportchi jalb etildi. SHuningdek, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor” mahallasida ham 20 nafar sport sohasi xodimlari ko'ngilli ravishda tozalash ishlarida ishtirok etdi. Ish unumdorligini taminlash maqsadida hasharchilarga shu erning o'zida tushlik ham tashkil etilgan.

SHuni takidlash kerak, “Ko'ngilli sportchilar” guruhi karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda yurtdoshlarimizning og'irini engil qilishda o'z hissalarini qo'shmoqda. Bu kabi say-harakatlar tabiiy ofat oqibatlari to'liq bartaraf etilgunga qadar davom etadi.

Takidlash kerak, “Ko'ngilli sportchilar” guruhining ezgu ishlari “O'zbekiston-24”, “Sport-TV” va “Sevimli” telekanallari hamda O'zbekiston milliy axborot agentligi xodimlari tomonidan OAV orqali yoritish maqsadida tasvirga olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing