So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

02 mar 11:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Konkabaevning Jalolov bilan jang qilmaganiga sabab pulmi?

"neKARAte" nashri muallifi Stanislav Sokolov Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabaev o'rtasidagi bekor qilingan jangga munosabat bildirdi.

Youtube platformasidagi "NeKARAte" kanali muallifi Stanislav Sokolov Bahodir Jalolovning "kichik jahon chempionati" deb nomlanuvchi "Stranja" xalqaro turnirida raqiblari unga qarshi jang qilishdan bosh tortganiga munosabat bildirdi.

Musobaqa davomida 3 nafar bokschi Jalolovga qarshi janglarda ishtirok etishdan bosh tortgan edi. CHorak finalda jarohati sabab qozog'istonlik Kamshibek Konkabaev jangga chiqmagan bo'lsa, yarim finalda ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev ringga chiqmaslikka qaror qilgandi. Jalolovga finalda armanistonlik Davit CHaloyan raqiblik qilishi kerak edi, biroq u ham jangga chiqmaslikni afzal bildi.

"Raqiblar "Katta o'zbek" bilan jang qilishdan bosh tortishadi. Nega? Tushuntiraman. Albatta, ular yutqazishi va shu bilan birga, jarohat olishi ham mumkin, degan tushuncha bor. "Askarlar"ingizga g'amxo'rlik qiling, tamom. "Stranja"dagi chek ham katta emas. Ular xafa bo'lishni xohlamaydilar. Jalolov sparringga chiqadi, sparring sheriklar burni singan holda qaytib ketishadi. 

To'lqin Qilichev bilan gaplashganimizda, u sparringga jangchilarni rozi bo'lishi juda qiyinligini aytdi. "Baxa" sizga ikkita - chuqur va uzoq vaqt qoladigan zarba beradi. SHuning uchun hech kim boks tushishni xohlamaydi. Jarohat olishdan qo'rqishadi", - dedi Sokolov.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 mar 20:05:04
Jurabek Xamraev
Маладес Боходир отанга рахмат бу узбеклар кимлигини курсатади
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing