24 fev 15:29
Yangiliklar
Konkaboevning Jalolovga qarshi jangdan bosh tortgani bo'yicha rasmiy bayonot berildi
Kecha "Stranja" turniri doirasida Konkaboev va Jalolov o'rtasida chorak final bahsi bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq Kamshibek jangga chiqmadi va turnirni tark etdi.
«Kamshibek Konkaboev qo'lidan jarohat olgani uchun ringga chiqa olmadi. Eslatib o'tamiz, 1/4 finalda bokschimiz Bahodir Jalolov bilan uchrashishi kerak edi.
Qolaversa, murabbiylar shtabi fikriga ko'ra, og'ir vaznli sportchimiz mashg'ulotlar va raqobat jarayonlariga to'liq kirishish uchun juda kam vaqtga ega bo'lgan. Kamshibek tuzalib, birinchi navbatda sog'lig'i haqida o'ylashi kerak, chunki oldinda asosiy turnirlar - Toshkentdagi jahon chempionati va Xanchjoudagi Osiyo o'yinlari turibdi», - deyiladi Qozog'iston boks federaciyasi matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar