07 okt 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor ariza yozmadi, Xabibning jamoadoshlari ozodlikka chiqarildi
Xabib Nurmagomedov jamoasining uch nafar azosi ozodlikka chiqdi.
Konor MakGregor ularga nisbatan davo arizasini yozgani yo'q. Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bugun tongda o'tkazilgan jangning to'rtinchi raundida Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorni mag'lub etdi. Jangdan so'ng esa Nurmagomedov oktagondan sakrab tushib, Konorning sparring-hamkori Dillion Denisga tashlandi. "Setka" ichida esa Xabibning bir necha jamoadoshi Konorga hujum qildi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar