06 okt 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor faoliyatidagi eng qiyin raqibini aytdi
Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor faoliyati davomida o'zi duch kelgan eng qiyin raqib nomini aytdi.
Konor Makgregor Tvitter sahifasida muxlislarning: "Sen duch kelgan eng qiyin raqib kim?", - mazmunidagi savolga "Neyt Diaz", - deya javob qaytardi.
Avvalroq, Konor Makgregor Islam Maxachev hamda CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jangga taxmin bildirgan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/ConorMcGregor
Fikrlar