08 iyu 14:58
Yangiliklar
Konor Makgregor: "Hozir faoliyatimning eng yuqori cho'qqisidaman, Xolloueyni nokaut qilaman"
"Bu sportda hali zabt etishim kerak bo'lgan ko'plab cho'qqilar bor: yanada ko'proq yutuqlar, ko'proq chempionlik kamarlari, ko'proq nokautlar, yangi rekordlar va yanada ko'proq daromad. Men bularning barchasini qo'lga kiritaman. Janglar — Makgregorning dunyosi. Hozir men eng yuqori formamdaman va buni namoyish etmoqchiman.
Men istedod degan narsaga ishonmayman. Agar vaqt va mehnat sarflasangiz, maqsadingizga etasiz. Men istedodli emasman, men bu ishga berilganman. Menda tajriba ancha ko'p, qolaversa, jang sanatining barcha jihatlarida mahorati yuqori jangchiman. Men bilan oktagonda bo'lishni xohlamaysiz, chunki men har qanday poziciyada xavfliman va istalgan holatdan raqibni nokaut qila olaman. Xolloueyga qarshi jangda ham aynan shuni amalga oshirmoqchiman", — dedi Makgregor.
Fikrlar