04 okt 18:46
Yangiliklar

Konor Makgregor: “Misli ko'rilmagan nokautga guvoh bo'lasiz”
Mashg'ulot yakunlanganidan so'ng maqtanchoqligi bilan ajralib turgan Makgregor muxlislarga murojaat qildi.
“Misli ko'rilmagan nokautga guvoh bo'lasiz, - dedi Makgregor. - Qo'l va oyoqda yo'llaydigan zarbalarim ortiqcha qiyinchiliksiz o'z manziliga etib boradi. Xabib oyoqda juda sekin va og'ir harakat qiladi.
Uning jang olib borish uslubini kechagina ushbu sport turi bilan shug'ullana boshlagan oddiy bola ham biladi. Ishoning, men uni nokautga uchratman. Uning mukammal hisoblanayotgan kurash usuli, qandaydir texnikasi meni qiziqtirmaydi va qo'rqitmaydi ham.
Men uning bosh qismiga boksda raund yakunlanganini bildiruvchi bongni qanday urishsa, xuddi shunday tempda zarba beraveraman, beraveraman. Natijada u nokautga uchraydi”.
Fikrlar