03 okt 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor Neyt Diasga qarshi uchinchi jangini o'tkazadi
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor amerikalik Neyt Diasga qarshi uchinchi jang o'tkazilishini malum qildi.
Bu ikki UFC sportchisi o'rtasidagi janglarda tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan. Konor va Neyt o'zaro uchinchi hal qiluvchi jangda orani ochiq qilib olishadi.
“Neyt Dias revansh jangiga ega bo'ladi. Har qanday holatda ham bu jang albatta o'tkaziladi. U menga revansh taqdim etgandi. Bu ishni endi men amalga oshiraman. Trilogiyaning qachon o'tkazilishini ham bilaman. Bunga shubha qilmanglar”, - dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni irlandiyalik sportchi engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar