13 iyu 16:39
Yangiliklar
Konor Makgregor: "SHayton yuzimga tik qarab turganday"
"Men bu jangga to'liq tayyor edim. Ro'y bergan voqeaga haligacha ishona olmayapman. Jangga yaxshi formada chiqmaganim haqidagi gaplar mutlaqo asossiz. Men xotirjam, tayyor va o'zimga ishongan holda oktagonga chiqqanman. Yuz bergan voqeadan hali ham shokdaman. Go'yoki shayton shu erning o'zida yuzimga tik qarab turganday. Ertaga cherkovga boraman. Mayli, bu sinovdan ham o'taman. Hech qachon taslim bo'lmayman. Albatta, yana qayta qaytaman", deb yozgan Makgregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Eslatib o'tamiz, Konor 12 iyul tongida bo'lib o'tgan UFC 329 turnirining markaziy jangida Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq jarohat olgani bois, texnik g'alaba raqibiga berilgan edi.
Fikrlar