15 iyu 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226861_220.jpg)
Konor Makgregor to'liq mashg'ulotlarga qaytdi
Murabbiy Jon Kavana Konor Makgregor to'liq mashg'ulotlar o'tkaza boshlaganini aytdi.
"Konor zalga qaytdi. U sog'lom va MMA bo'yicha to'liq mashg'ulotlar o'tkaza oladi. Yakkakurashlarning barcha yo'nalishlarida shug'ullanmoqda. Biz u bilan yaxshi kurash mashg'ulotini o'tkazdik. So'nggi marotaba oxirgi jangiga tayyorlanganida shunday ishlagandik.
Uning qaytishi syurpriz bo'ldi va zaldagilarni xursand qildi. Uning borligi yosh yigitlarga qanday tasir qilganini ko'rish yoqimli bo'ldi", - dedi murabbiy Kavana.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar