01 okt 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Xabib, chap qo'ldagi zarbamdan aqlsiz boshingni himoya qil!”
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkaziladigan jang oldidan yana bir bor o'z fikrini bildirdi.
“Men besh raundli jangga tayyorman. Istalgan scenariy ostida kechadigan jangga o'zimni tayyorlab boryapman. Mashg'ulotlarda astoydil ishladim. O'zimga va g'alabamga ishonaman.
Xabib, sen boshingni mening chap qo'lda beradigan sevimli uslubdagi zarbamdan himoya qil. Aqlsiz boshingni asra”, - degan Konor o'z uslubidagi navbatdagi intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'tasidagi chempionlik jangi 6 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar