09 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovni tanqid qildi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor sobiq engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning sportdagi merosini yuqori baholamasligini malum qildi.
"Bu yigit sport uchun katta ish qilgan deb o'ylamayman. UFC’da atigi 13 ta jang o'tkazgan. SHuning ham faqat uchtasi haqiqatan mashhur raqiblarga qarshi bo'lgan.
U men bilan men tanaffusdan qaytgan paytda jang qildi. O'sha vaqtda hayotimda ko'p muammolar bor edi. Ikki yil oktagonga chiqmaganman. O'shanda 200 million dollar pulim bor edi. Qaytib kelib shu yigitga qarshi jang qildim.
Ha, u hech qachon mag'lub bo'lmagan. Ammo faoliyatining dastlabki qismida o'z yurtidagi turnirlarda qatnashgan. Ko'plab raqiblarining tajribasi ham etarli emas edi.
Men uni yuqori baholamayman. U haqda aytadigan gapim ham yo'q. Uni hurmat qilmayman", — dedi Makgregor.
Havola :
Manba : Re-Rank
Fikrlar