04 okt 13:47
Yangiliklar

Konor Makgregor: “Xabibning kamari uning kuchliligini anglatmaydi”
“Xabib bilan jang qilish imkoniyati yuzaga kelganidan xursandman. Men hali mag'lubiyatga uchramagan sportchiga qarshi jang qilaman. To'g'risini aytsam, menga uning 26-0 ko'rinishidagi rekordi qiziq emas. Hamma Xabibni maqtayapti, lekin unda alohida ajralib turadigan jihat va xislat yo'q. Unga zarbalarni o'tkazib yuborish yoqmaydi.
Ammo, men bilan jangda u shunga majbur bo'ladi. Uni uzoq davom etadigan tun kutmoqda. Keyin u shu kungacha kuchsiz raqiblar bilan jang o'tkazib kelgan. Endi esa u haqiqiy chempion bilan jang qiladi”, - dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi chempionlik jangi 6 oktyabr (Toshkent vaqti bilan 7 oktyabr tong saharda) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar