16 iyu 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor Xolloueyga qarshi jang borasida talab qo'ydi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi UFC 329 turniridagi jangni o'tkazilmagan deb elon qilish kerakligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Las-Vegasda bo'lib o'tgan mazkur jangda irlandiyalik sportchi birinchi raundda oyog'idan jarohat olib, texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
"1. Ertaga oyog'imning tekshiruv natijalarini olaman. 2. Bu jang o'tkazilmagan deb topilishi va barcha tikilgan pullar qaytarilishi kerak", — deb yozdi Makgregor o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar