03 iyu 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor Xolloueyga qarshi jang uchun tayyorgarlik haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 12 iyul kuni Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqadi.
Irlandiyalik jangchining so'zlariga ko'ra, u yarim o'rta vaznda o'zini alo darajada his qilmoqda va jangga to'liq tayyor.
"Yarim o'rta vaznda o'zimni ajoyib his qilyapman. Biz favqulodda ishni amalga oshirdik. Hech qanday engil yo'l tanlamadik. Kameralar chaqnashi ham bo'lmadi. Tinch holatda qattiq mehnat qildik. Bu — ishonch. Bilasizmi, agar mashg'ulotlaringiz tafsilotlarini hammaga ko'rsatishga va shu orqali egogingizni oshirishga ehtiyoj sezsangiz, demak o'zingizga bo'lgan ishonch bilan muammo bor. Bizga buning keragi yo'q. Hammasini jang oqshomida ko'rsatamiz", — dedi Makgregor The Mac Life YouTube kanalida elon qilingan videoda.
Havola :
Manba : The Mac Life
Fikrlar