27 sen 17:44
Yangiliklar

Konor Makgregorning kompaniyasi “minus”ga kirdi
Britaniyaning The Sun nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kompaniyaning o'tgan yil bo'yicha bergan moliyaviy hisobotida yaxshigina zararga kirgan. Ushbu zarar 465 835 AQSH dollari (£317 055) miqdori ekanligi aytilmoqda.
Ikki yil avval kompaniya 12 oy ichida 136 422 dollar (£103 878) foyda keltirgan edi. Daromad esa yarim million dollarga tushib ketgan. Ushbu kompaniyaga Konor tomonidan 2014 yilning iyul oyida asos solingan edi.
Bir yil kompaniya direktori lavozimida ishlagan Makgregor keyinchalik boshqaruvni rafiqasi Di Devlinga topshirgandi. Kompaniya iPhone MacTalk ilovasi hamda themaclife.com sayti bilan shug'ullanadi.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor joriy 2018 yilda Forbes reytingida eng ko'p haq to'lanuvchi sportchilar orasida to'rtinchi o'rinni egallagandi. Uning yillik daromadi 99 million dollarga baholangan edi.
Fikrlar