15 okt 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregorning qachon oktagonga qaytishi malum qilindi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi aytildi.
Bu malumotni irlandiyalik jangchining murabbiyi Jon Kavananing o'zi matbuotga taqdim etdi. Uning aytishicha, Konorning oktagonga qaytishi 16 mart kuniga mo'ljallanmoqda. Kavana aynan mana shu kunga Xabib Nurmagomedov bilan revansh jangi o'tkazishni ham rejalashtiryapti.
“Navbatdagi jang Xabib Nurmagomedov yoki boshqa raqibga qarshi o'tkaziladimi yoki yo'q, buni hozir aniq bilmayman. SHunisi aniqki, 16 mart kuni Konor oktagonga chiqadi. Boisi, 17 mart - avliyo Patrik kuni. Biz aynan mana shu sana munosabati bilan ham Makgregorning jangini o'tkazmoqchimiz”, - dedi Jon Kavana.
Havola :
Fikrlar