05 okt 10:08
Yangiliklar
![](/upload/storage/46232_220.jpg)
Konor matbuot anjumaniga kech qoldi, Xabib esa uni kutib o'tirmadi
Etiborlisi, Makgregor ushbu tadbirga kechikib keldi. O'z o'rnida rossiyalik jahon chempioni raqibini kutib o'tirmadi va o'zi jurnalistlar bilan savol-javobga kirishdi.
“Men hech kimni kutib o'tirmayman. Belgilangan vaqt bo'ldi va marhamat qilib savollaringizni berishingiz mumkin. Men javob berishga tayyorman. Konorning kelmaganidan hayron qoldim. Ochig'i, u haqida o'ylayotganim ham yo'q. Mening o'z jadvalim bor: matbuot anjumanini boshlasak ham bo'ladi. Har kim o'zi haqida qayg'urishi kerak. Nima uchun, men Konorni o'ylashim kerak? Kimdir kechga qolayotgan ekan, demak, bu uning muammosi”, – dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov – Makgregor jangi ertaga (bizning vaqt bilan yakshanba kuni tongda) AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar