08 iyu 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226038_220.jpg)
Konor o'zini SHon-sharaf zaliga kirish uchun munosib hisoblaydi
Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor o'zini SHon-sharaf zaliga kirish uchun munosib hisoblamoqda.
"SHon-sharaf zaliga kirishni intiqlik bilan kutyapman, biroq men nomzodman. Nomzodlar ichida birinchi raqamlisiman. Barcha rekordlar menga tegishli. Tezkor nokautlar va nokdaunlar soni. Ikki vaznda eng ko'p nokaut amalga oshirish. Moliyaviy ko'rsatkichlar. Va hokazolar. Men shoshmayapman, hali ham raqiblarimni es-hushidan ayirishga tayyorman. Haqiqiy jangchi", - deb yozgan Makgregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor so'nggi bor o'tgan yilning 11 iyulida, Dastin Porega qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, irlandiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovning SHon-sharaf zaliga kiritilganini "troll" qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar