21 jan 18:40
Yangiliklar
Konor - Pore. Birinchi jangdan so'ng o'zgarishlari: Har ikkisi chempion, Pore Xabibni mag'lub etishga yaqin kelgan yagona jangchi. Konor esa MMA olamini o'zgartirib yubordi
SHu kunlarda Konor mikrofonni hech kimga bermay, Xabibni jig'iga tegishda davom etmoqda. Dastin esa faoliyatidagi eng muhim janglardan biriga jiddiy tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dastinni UFC'ning faxriy jangchilari qatoriga qo'shsa bo'ladi, sababli u UFC'dagi to'qqiz yillik faoliyati davomida 24 ta jangda ishtirok etdi. Konor esa butun boshli MMA olamini o'zgartirib yuborishga erishdi.
Konor va Pore o'rtasidagi birinchi jangdan so'ng har ikki jangchining taqdiri o'zgarib ketdi. Konor MMA olamini zabt etdi, Pore esa vaznini o'zgartirishga qaror qildi
Dastin UFC'ga 2011 yilda debyut qildi, Konor esa undan ikki yil o'tib sayyoramizning eng kuchli MMA promousheni bilan shartnoma imzoladi. Makgregor UFC'ga kelgunga qadar Dastin Maks Xollouey va "Koreyalik Zombi"ni mag'lub etishga ulgurgandi. Biroq amerikalikning UFC'dagi dastlabki yillari juda qiyin kechdi. U g'alabalar bilan birga mag'lubiyatlarni ham qabul qiladi. Ammo kuchlilarga qarshi yorqin jangi uchun tezda muxlislar mehriga sazovor bo'ldi. Konor esa... Konorga Dastinga qarshi jang qilish uchun uchta jang kifoya bo'ldi. U vaqtlarda Dastin allaqachon o'nta bahsda ishtirok etib bo'lgandi. O'ziga ishonchi yuqori bo'lgan irland Poredan hech qanday xavf ko'rmasdi. Uning jangdan avval bergan intervyusida ham buni ko'rish mumkin edi.
"Bitta zarba va nokaut. Birinchi raundning o'zida Dastin nokaut bo'ladi",-degandi Konor jangdan avvalgi intervyusida.
SHunday bo'ldi ham, jang boshlanganidan 106 soniya o'tganidan so'ng Konor aytganidek bitta zarba va nokaut. SHundan so'ng Konor kamar uchun olg'a yurishda davom etdi. Dastin esa vaznini o'zgartirishga qaror qildi.
Olti yil davomida juda ko'pchilik bu jangchilar o'rtasida revansh istashdi, biroq endi va eng kerakli vaqtda UFC bu jangni tashkil etishga erishdi. Ular o'rtasidagi revansh juda katta tarixga ega.
Pore yangi vaznidagi barchani "yanchib tashladi", uchta chempionni mag'lub etdi va Xabibni mag'lub qilishga eng yaqin kelgan jangchiga aylandi
Dastin mag'lubiyatdan so'ng faoliyatidagi eng to'g'ri qarorlardan birini qabul qildi. U engil vaznga o'tdi. CHunki yarim engil vaznda Dastin vazn tashlash bilan ancha qiyinchilikka uchragandi. Engil vaznda muxlislar umuman boshqa Dastinini ko'rishga erishdi. Pore u erda haqiqiy kuchini namoyish etdi. Birinchi raundning o'zida Diego Ferreyra, Yansi Medeyrosha va Bob Grin kabi kuchli jangchilarni taslim etdi. Amerikalik ikki yil ichida engil vaznning sakkiznchi o'rniga ko'tarilib oldi. CHempionlik kamari uchun ikkitacha jang qolganida, o'zidan pastroqda bo'lgan Maykl Jonsonga qarshi oktagonga ko'tarilishga rozi bo'ldi. Jangda favorit hisoblangan Pore kutilmaganda birinchi raundning o'zida kuchli zarbani o'tkazib yubordi va nokautga uchradi. SHundan so'ng Dastin salkam bir yil oktagonga ko'tarilmadi. Bir yillik tanaffusdan so'ng Jim Millerga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etishni uddaladi.
Dastin chempionlik yo'liga ega bo'lish uchun sobiq chempion Eddi Alvaresga qarshi jang berildi. Bu jang o'tkazilmagan deb elon qilindi, sabab Eddi taqiqlangan zarba yo'llagandi. Pore navbatdagi jangini Entoni Pettisga qarshi o'tkazdi, bu bahsda esa u anderdog sifatida oktagonga ko'tarildi. Jang davomida Dastin raqibini har tomonlama mag'lub etishga erishdi va Pettisning qovurg'asini jarohatlarga erishdi. G'alaba orqali Pore engil vazn reytingining beshinchi o'rniga ko'tarilib oldi. Pettis mag'lub etilganidan yarim yil o'tib Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ikkita pancherning o'zaro bahsi ko'pchilik uchun qiziq edi.Teng kurashlar ostida kechishi kutilgan to'qnashuvda Pore raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va g'alaba erishdi. Bu g'alaba esa unga sakkiz yillik faoliyati davomida ilk bor chempionlik kamari uchun jang qilish imkonini berdi. Uzoq kutilgan jang - 2019 yil 13 aprel kuni UFC Xabibning kamarini vaqtinchalik g'olibini aniqlashga qaror qildi. Bu vaqtda davogarlar deyarli yo'q edi. Toni Xabibni kutayotgandi, Konor faoliyatini yakunlagan, Alvares ONE FC promousheniga o'tib ketgandi. SHu payt yarim engil vazn chempion Maks Xollouey ikki vazn chempioni bo'lishni istab qoldi. Dastin Maksni mag'lub etdi va Xabibga qarshi jang qilish imkonini qo'lga kiritdi. Afisha elon qilingan vaqtda muxlislar Dastin qanchalik ulg'ayganiga amin bo'lishdi. Dastin bu jangda ham ikkinchi raqamli jangchi sifatida oktagonga ko'tarildi, juda ko'pchilik bu bahs Xabib uchun juda oson kechishini taxmin qildi, biroq aynan Pore Xabibni mag'lub etishga eng yaqin kelgan jangchi sifatida tarixga kirdi. U jangning uchinchi raundida Xabibni bo'ynini tutishga erishdi va bo'g'ish usulidan foydalandi. Agar Xabibning o'rnida boshqa jangchi bo'lganda taslim bo'lardi. Biroq Xabib qiyinchilik bilan bo'lsada chiqib ketdi va keyin nima bo'lganini barcha yaxshi eslasa kerak...
Jangdan so'ng Dastin jiddiy jarohat olgani malum bo'ldi va bir yil davomida jarohatni davolash bilan o'tdi. U yana top jangchilar orasiga qaytishi uchun kuchli sportchiga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi va UFC unga qarshi Den Hukerni o'yinga tashladi. To'qnashuv o'tgan yilning yozida bo'lib o'tdi va Dastin jangni g'olib sifatida yakunladi.
Endi Dastin chempionlik uchun yo'lga chiqdi. Birinchi to'siq Konor. Agar bu yo'ldan o'tadigan bo'lsa, chempionlik uchun asosiy davogarga aylanadi.
Konor ikki vaznda UFC kamariga ega chiqdi. Sayyoramizning eng kuchli bokschisiga qarshi ringga ko'tarildi va kriminal orasida yashadi
Konor Poredan farqli ravishda chempionlik kamariga etib borishi uchun oltita jang va uch yil etarli bo'ldi. Konorning yo'li ancha osonroq kechgandek ko'rinishi mumkin. Lekin ko'pchilik muxlislar Konorni yarim engil vazn toifasidagi kamarga ega chiqishi uchun 13 soniya etarli bo'lganini yoddan chiqargan bo'lishlari mumkin. U to'qqiz yil davomida mag'lubiyatga uchramagan Joze Aldoga qarshi jang qildi va butun dunyonini shokka tushirdi. Konor bu bilan to'xtab qolmadi va ikkinchi kamarga qarab yo'l oldi va UFC tarixida birinchi bo'lib ikki vazn toifasida chempion bo'lgan ilk jangchiga aylandi.
Matbuot anjumanida Dastin raqiblariga hurmat ko'rsatayotgan vaqtda Konor raqiblarini ustidan kulishda davom etmoqda.
Uning janglari doim boshqalarnikidan ajralib turgan. Uning har bir bahsi o'zgacha sahna ko'rinishi bo'ladi. U g'alaba qozonsa, nokaut bilan erishadi. 22 ta g'alabadan 19 tasi nokaut bilan. Mabodo yutqazadigan bo'lsa ham, daxshatli harakatlar bilan mag'lub bo'ladi. Konor 2017 yilda boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko'tarildi. U o'ninchi raundda nokautga uchradi. Biroq bu bahsdan Konor aqlbovar qilmas darajada boyidi. SHundan so'ng Konor ikki yillik tanaffus qildi va yana oktagonga qaytdi. Qaytish Xabibga qarshi jang bilan edi. Bu bahs UFC tarixidagi eng omadli janglardan biri sifatida tarixga kirdi. Mag'lubiyatdan so'ng Konor bir necha bor faoliyatini yakunlab, tikladi. Konor janglar va reklamalar orqali juda katta boylikka erishdi. Konor yana ikki yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytdi. 2020 yilda Donald Serronega qarshi bahs olib bordi va 40 soniyada raqibini «yo'q» qilib tashladi. Konor Makgregor bir necha bor faoliyatini yakunlab tiklashiga qaramasdan, MMA olamining eng kuchlilaridan biri bo'lib qoladi.
Xabib ularning har ikkisini ham mag'lub etdi. Bu engil vaznning sobiq chempionlari o'rtasida kechadigan super revansh. Ularning qo'shma statistikasi 48 ta g'alaba va ulardan 41 tasi muddatdan avval. 24 yanvar kuni super jang ko'rishimiz uchun barcha sabablar etarli. Konor super pancher, u istalgan raqibini bitta zarba bilan «uxlatib» qo'yishi mumkin. Qizig'i har ikkisi ham chapaqay.
Nima bo'lgan taqdirda ham UFC 2021 yilning boshlanishi uchun super revansh tashkil qilib bermoqda. Barcha kutmoqda, umid qilamiz revansh kutilgan natijani taqdim etadi.
Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi
Fikrlar
Conorni janglari xaqiqiy show .