07 apr 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor va Pore tvitter orqali "jangni boshladi"
Konor Makgregor va Dastin Pore trilogiya oldidan tvitterda suhbatlashdi.
"Men xech qachon bo'shashmayman. 10 iyul kuni oktagon markazida ko'rishamiz", - deb yozdi Pore.
"Bundan xursandman. Dastin, bunga judayam umid qilyapman. O'tgan safar sen dastlabki 30 soniyada yutqazayotganding va masofada ishlading.
Men jang boshidanoq markazda bo'laman, agar shuni istasang. Buni o'zing ham bilasan. Bu safar men har qanday taktikaga tayyor turaman. O'sha erda ko'rishamiz", - deb javob berdi Konor.
Eslatib o'tamiz, Konor - Pore revanshi 10 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar